11 dek 22:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder va Fyuri o'rtasidagi revansh Joshuaning jang kuni o'tkaziladi
Superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni amerikalik Deontey Uaylder hamda sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri o'rtasidagi jang katta ehtimol bilan aprel oyida o'tkaziladi.
Aynan shu oyda, aniqrog'i 13 aprel kuni qolgan uchta yo'nalish chempioni Entoni Joshua o'z kamarlarini himoya qiladi. Hozir raqib aniq emas. Lekin Joshua Londondagi muhtasham “Uembli” stadionini mana shu sana uchun “bron” qilib qo'ygan.
Tayson Fyurining promouteri Frenk Uorren amerikalik Deontey Uaylderning Entoni Joshua bilan jang o'tkazishidan xavfsirab, o'z mijozining jangini ham aynan 13 aprelga belgilamoqchi. Joshua “Uembli” egalari bilan rasman shartnoma imzolab bo'lgan. Uorren Fyurining navbatdagi jangini ham AQSHda o'tkazmoqchi bo'lyapti.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar