01 dek 19:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder va Fyurining kafolatlangan gonorarlari malum qilindi
Xabar berganimizdek, bizning vaqt bilan ertaga tong saharda superog'ir vazn toifasidagi uzoq kutilgan chempionlik jangi bo'lib o'tadi.
Oqshomning ushbu markaziy jangida WBC yo'nalishi chempioni amerikalik Deontey Uaylder britaniyalik sobiq jahon chempioni Tayson Fyuriga qarshi ringga ko'tariladi.
Kaliforniya shtati Sport komissiyasi bu ikki bokschi uchun vada qilingan va shu bilan birga kafolatlangan gonorarlar summasini oshkor etdi. Davogar Fyuri 3 mln, chempion Uaylder esa 4 mln dollar gonorarga ega bo'ladi.
Bundan tashqari, pullik teletranslyaciyadan tushadigan pul taqsimotida ham bokschilarning ulushi bo'ladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar