04 jan 11:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder va Parker birlashtiruvchi chempionlik jangida to'qnash kelishi mumkin
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBC chempioni bo'lib turgan amerikalik Deontey Uaylder birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga chiqishni maqsad qilgan.
Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Uaylderning ayni paytdagi bosh maqsadi IBF chempioni Yangi Zelandiya bokschisi Jozef Parkerga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangi o'tkazish bo'lib turibdi.
Bu malumotni Deonteyning menejeri Jey Diz ham tasdiqladi. Rejaga ko'ra ushbu jang shu yilning yoz oylarida o'tkaziladi. Hozircha Parkerning jamoasi bunga o'z munosabatini bildirmadi.
Eslatib o'tamiz, Deontey Uaylder 25 fevral kuni polshalik Anjey Vavjikka qarshi jangda o'ziga tegishli bo'lgan chempionlik kamarini himoya qiladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar