26 fev 15:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder - Vashington. Bokschilarning gonorlari malum
Bugun AQSHning Birmingem shahrida navbatdagi professional boks kechasi tashkil etildi.
Oqshomning markaziy jangida superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni amerikalik Deontey Uaylder (37-0, 36KO) 34 yoshli hamyurti Jerald Vashington (18-0-1, 12KO)ga qarshi ringga ko'tarildi.
Bir necha kun oldin Alabama shtati Atletik komissiyasi bokschilarning bugungi jang uchun kafolatlangan gonorarlari miqdorini elon qildi. Unga ko'ra gonorarlar quyidagicha belgilangandi: CHempion Uaylder jang natijasidan qatiy nazar 900 ming dollarga ega bo'ladi. Vashingtonga esa 250 ming dollar tegadi.
Eslatib o'tamiz, ushbu jangda Uaylder beshinchi raundda raqibini nokautga uchratdi va kamarini o'zida saqlab qoldi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar