29 mar 16:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder: "WBC kamari boksdagi eng chiroyli va eng muhimidir"
WBCning superog'ir vazn toifasidagi chempioni Deontey Uaylder nima uchun DAZN taklifini rad etganligini aytib o'tdi.
"Xa, men rad etdim. Aytaylik, jang 3 dollar turadi. Menga esa 1 dollar taklif qilishmoqda, ularga esa 2 dollar qoladi. SHunda men noto'g'ri yo'l tutdimmi?
Men avval ham aytganman, hozir ham aytaman: Agar gonorarlar teng bo'linsa Joshua bilan jang bo'ladi. Ayni paytda pullar haqida gap-so'z yo'q. Men superog'ir vazn toifasidagi eng mashhur va eng ko'p muhokama qilinayotgan bokschiman.
Menda eng muhim kamar - WBC bor. Yashil rangli ushbu kamar eng chiroylisi. Agar Joshua va Xirn jang bo'lishini istashsa, mening shartimni bilishadi", - dedi Uaylder.
Eslatib o'tamiz, Uaylder 18 may kuni Dominik Brizilga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : Boxing News 24
Fikrlar