19 mar 22:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylderning navbatdagi jang sanasi rasman aniq bo'ldi
Superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder navbatdagi jangini asosiy davogar Dominik Brizilga qarshi o'tkazadi.
Ushbu jang shu yilning 18 may kuni Bruklinda bo'lib o'tadi va Showtime telekanali orqali namoyish etiladi.
Malumot uchun, Uaylder shu kungacha 41 ta jang o'tkazgan va ularning 40 tasida g'alaba qozongan. Birgina Fyuriga qarshi jangda durang qayd etgan.
Brizil esa 21 ta jangda 20 marotaba g'alabaga erishgan. 2016 yilda Entoni Joshuaga yutqazib qo'ygan.
Havola :
Manba : Showtime
Fikrlar