18 dek 16:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Uayt Povetkinning navbatdagi raqibi bo'lishi mumkin
Superog'ir vaznli bokschi Dillion Uayt Aleksandr Povetkinga qarshi jang o'tkazmoqchiligini aytdi.
Uayt 22 dekabr kuni Londonda Derrik CHisoraga qarshi jang qiladi. Mazkur bahs g'olibi aprelda Entoni Joshuaga qarshi ringga ko'tarilishi mumkinli aytilgandi. Biroq, endi Joshua may yoki iyunda AQSHda Jarrell Millerga qarshi jang o'tkazishi oydinlashib bormoqda.
"Povetkin yaxshi, kuchli bokschi. Ammo, uni mag'lub etish uchun nima qilish lozimligini bilaman. Yaxshi va kuchli zarba orqali siz Povetkinni yuta olasiz. Keyingi jangim unga qarshi bo'ladi. Promouter Eddi Xirn ushbu jangni tashkil qilishini aytdi", - dedi Uayt.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar