23 dek 09:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Uayt revansh jangida CHisorani nokautga uchratdi
London shahridagi muhtasham O2 arenesida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda Dillian Uayt va Derek CHisora o'zaro to'qnash kelishdi. Ushbu jang revansh maqomida bo'lib, ilk bahsda Uayt ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.
Takroriy jangda ham Uayt g'alabaga erishdi. Bu safar u raqibini 11-raundda nokautga uchratdi. Dillian Uayt bu g'alabasi evaziga o'ziga tegishli bo'lgan WBC Silver va WBO International chempionlik kamarlarini himoya qildi.
Havola :
Fikrlar