10 sen 11:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Uayt Tayson Fyuriga "otvet" qildi
Superog'ir vazn toifasida vaqtinchalik WBC chempioni Dillian Uayt ushbu yo'nalishning to'laqonli chempioni Tayson Fyurining haqoratiga javob qaytardi.
Avvalroq "Lo'lilar qiroli" Uaytni "qop"ga o'xshatgandi.
"Bu masharabozga bir emas, ikki marotaba men bilan jang qilishni taklif etishgan. Lekin u har ikki holatda ham rad javobini bergan. O'ylaymanki, siz muxlislar bu qo'rqoqni jangga rozilik berishiga ko'ndira olasizlar. Men hamon o'sha poziciyadaman, yani jangga tayyorman. Qo'rqoqni ringda kutaman va uni o'sha erda yo'q qilaman", - deya Uaytning so'zlarini keltirmoqda Dailystar nashri.
Malumot uchun, Dillian Uayt shu yilning dekabr oyida ringga qaytishni rejalashtirmoqda. Tayson Fyuri esa 9 oktyabr kuni Las-Vegas shahrida Deontey Uaylderga qarshi trilogiya jangida ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar