28 sen 13:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Uayt: "Usik Joshuani muddatidan oldin yutishga haqli edi"
Britaniyalik bokschi Dillian Uayt yurtdoshi Entoni Joshuaning Aleksandr Usikka qarshi jangi haqida fikrlarini bildirdi.
"Fikrimcha, Usik oxirgi raundda texnik nokaut evaziga g'alaba qozonishi kerak edi. Joshua o'ziga kelib olishi uchun juda ko'p vaqt oldi. U kanatga suyanib oldi va shunchaki turdi. O'ylaymanki, Usik muddatidan oldin g'alaba qozonishga haqli edi.
Jang oldidan Joshua etti raund ichida o'z kuchi va kattaligi evaziga g'alaba qozona olishi haqida o'ylagandim. Ammo, buni amalga oshira olmadi. Entoni huddi zarba bera oladi, lekin buni istamagandek taassurot qoldirdi. U bilan nima bo'lganini tushuna olmadim", - dedi Uayt.
Havola :
Manba : IFL TV
Fikrlar