26 iyu 19:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaytning qonidan qaysi modda topilgani malum
Super og'ir vazn toifasida vaqtinchalik WBC kamari sohibi Dillian Uaytning qonidan qanday taqiqlangan moddalar aniqlangani malum qilindi.
Boxing Scene nashrining xabar berishicha, Dillianning qonidan epimentandienon hamda gidrosimetandienon taqiqlangan moddalari topilgan. Bu moddalar sportchining harakatlarini tezlashtirishga yordam beradi, lekin jigarning ishlashiga zarar keltirishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Uaytning Rivasga qarshi jangi oldidan olingan qon tahlili ijobiy natija ko'rsatgandi, lekin jang qoldirilmagandi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar