11 noy 09:33
Yangiliklar
Boks/MMA
Uch bokschimiz ham Piter turniri yarim finalida, kamida 3 ta bronza naqd!
Boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari Rossiyaning shimoliy poytaxti sanalmish Sankt-Peterburg shahrida o'tkazilayotgan ananaviy xalqaro turnirda muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etishyapti.
Rahmatjon Ro'zioxunov boshchiligidagi uch nafar charm qo'lqop ustamiz - Isroil Madrimov (-75 kg), Sanjar Tursunov (-91 kg) hamda SHunqor Abdurasulov (-60 kg) saralash janglarini g'alaba bilan yakunlab, yarim finalga yo'l olishdi.
Isroil va Sanjar o'z ishtiroklarini chorak finaldan boshlashgan
bo'lsa, SHunqor yarim finalgacha ikkita jangda zafar quchdi. Bugun uchchala charm
qo'lqop ustamiz ham yarim final janglarida rossiyalik bokschilargi qarshi ringga
ko'tarilishadi.
Isroilning chorak final jangidagi surati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar