17 mar 08:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Uch hamyurtimiz ringga chiqadigan boks oqshomi bekor qilindi + FOTO
21 mart kuni Rossiyaning Vladikavkaz shahrida "Patriot" promouterlik kompaniyasi tomonidan boks kechasi o'tkazilishi rejalashtirilgan edi.
Lekin tashkilotchilar koronavirus pandemiyasi tufayli ushbu boks kechasini bekor qilishdi. Vladikavkazda karantin elon qilingan bo'lib, har qanday ommaviy tadbirlarning o'tkazilishi taqiqlagan.
Etiborga molik jihati shundaki, Vladikavkazdagi boks oqshomida uch nafar charm qo'lqop ustamiz ham o'zlarining reyting janglarini o'tkazishlari rejalashtirilgandi. SHukurjon Rahimov kolumbiyalik Anuar Salas, Ulug'bek Mubinov franciyalik Morgan Desso, Odiljon Aslonov esa ugandalik Kassim Oumaga qarshi ringga ko'tarilishi kerak edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar