21 okt 16:31
Yangiliklar
Futbol
Uch mamlakat klublari Sanchoni ijaraga olishga tayyor
Futbolchiga talab etarlicha bor.
Italiya, Germaniya va Turkiya klublari "Manchester Yunayted" vingeri Jeydon Sanchoni ijaraga olishga shay. Bu haqda "Sky Sports" xabar bermoqda.
Futbolchining "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Hag bilan kelishmovchiligi davom etmoqda, shu sababli u jamoadan chetlashtirilgan. Klub ichida futbolchining jamoani tark etishiga ishonch kuchaymoqda.
Mish-mishlarga ko'ra, Dortmundning "Borussiya"si Sanchoni qaytarishga tayyor, ammo faqat ijara asosida va agar mankunianlar uning maoshining bir qismini to'lashsa. "Manchester Yunayted" hatto futbolchini sotishga ham tayyor va uning narxini belgilab qo'ygan.
Havola :
Fikrlar