So’nggi yangiliklar

17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0 12:36IV Ёшлар Олимпиадаси. Бугун боксчиларимиз финал учун рингга кўтарилади. Жуфтликларнинг бирида ўзбек-қозоқ қарама-қаршилигига гувоҳ бўламиз 0 12:05Кукурелья Гюлер ҳақида: "У ёш болага ўхшайди, лекин унинг ўйини ҳайратланарли" 0 11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0

28 dek 16:38
Yangiliklar

Boks/MMA

Uch marta faoliyatini tiklagan, ikkita jang uchun besh yuz million dollar olgan Meyvezer. U bunga qanday erishdi?

Teglar :  BoksMeyvezer
Forbes har yili sayyoramizning eng boylarini aniqlaydi.

 Sport olamida so'nggi o'n yillikning eng boy sportchisi sifatida Floyd Meyvezer elon qilindi. U o'n yil ichida salkam bir milliard dollarga ega bo'ldi. Qanday qilib?

Floyd Konor Makgregor va Menni Pakyaoga qarshi 22 raund(66 daqiqa) jang uchun 575 million dollar olgan. Yaponiyada ko'rgazmali to'qqiz daqiqali jang uchun esa 9 million dollar ishlab topdi. U uch marta faoliyati tiklagan, har tiklaganida uning narxi oshib bordi. Eng qizig'i, u ishlab topgan pullarini deyarli barchasini hech qanday reklama yoki homiylik shartnomalarsiz ishlab topgan.

Birinchi qaytish va tezda 25 million dollar foyda

Floyd birinchi marta 2007 yilda Rikki Xattoni nokaut qilganidan so'ng faoliyatini yakunlashini elon qilgan. Ammo ikki yildan so'ng Xuan Manuel Markesga qarshi jang qilish uchun faoliyatini tikladi. Markesning o'sha vaqtdagi rekordi 50-4 ni tashkil qilgan. Meyvezer uni mag'lub etdi va 25 million dollarga ega bo'ldi. Markesdan so'ng Floyd SHeyn Mosli, Viktor Ortis, Migel Kottom Robert Gerrero va Markos Maydanaga qarshi ringga ko'tarildi. Bu janglardan taxminan 35-45 million dollar gonorar oldi.

Uning birinchi qaytishidan so'ng eng yirik ikkita jangi Saul Alvares va Menni Pakyaoga qarshi kechdi. Floyd birinchi jangdan 73 million dollar ishlab topgan bo'lsa, Menniga qarshi jangidan to'rt baravar ko'proq 300 million dollarga boyidi. Pakyao bilan jangdan so'ng Andre Bertoga qarshi va yana o'ttiz million dollar. SHundan so'ng ikkinchi marta faoliyatini yakunlaganini elon qildi.

Ikkinchi qaytish: Marchiano rekordi va Konorga qarshi jang

Floyd uzoq vaqt boksga qaytmasligi haqida gapirdi. Lekin uning boksda qilishi kerak bo'lgan yagona maqsadi qolgandi. U ham bo'lsa Rokki Marchianoga tegishli bo'lgan rekord (49-0) ni yangilash edi. Meyvezer Bertoni mag'lub etib, bu natijani takrorladi. Endigi maqsad uni yangilash. Meyvezer o'zi uchun har tomonlama qulay raqib qidirdi. 2017 yilda unga ikki vazn UFC chempioni Konor Makgregor «tashab qo'ydi». Jang boks qoidalari asosida o'tkazildi. Jangning o'ninchi raundida Floyd raqibini texnik nokaut evaziga mag'lub etdi va boyligini 275 million dollarga boyitib oldi.

Qamoqxona, tungi klub va The Money Team

So'nggi o'n yil ichida Meyvezer nafaqat ringda, balki oddiy hayotda ham jang qildi. 2012 yilning 1 iyun kuni u uchta farzandining onasini uradi va sud hukmi bilan uch oyga qamoqxonaga tushadi. U so'nggi o'n yil ichida tungi klub ham ochdi va unga “Girl Collection” nomini berdi. SHuningdek, "The Money Team" brendiga ham asos soldi.

So'nggi qaytish: Yaponiyada ko'rgazmali bahsda ishtirok etdi

Floyd so'nggi jangini yangi yil kechasi Yaponiyada o'tkazdi. Yopiq tarzda o'tkazilgan kechada Floyd yosh kikboksing ustasi Tensin Nasukavaga qarshi ringga ko'tarildi va raqibini nokautga uchratdi. Jang bor-yo'g'i 139 soniya davom etdi. Bu jang uchun Floyd 9 million dollarga ega bo'ldi. Eng qizig'i Floyd shu oddiy shou uchun olgan pulini ko'plab boks yulduzlari butun faoliyatida topa olmaydi.

Meyvezer juda o'zgaruvchan bokschi. U boshqa ringga qaytmayman deydi, lekin bir nechta hafta o'tganidan so'ng yana ringga qaytishini malum qiladi.

Floyd 2020 yilda yana bitta jangda ishtirok etish niyati borligini malum qilgan. U hozircha kimga qarshi jang qilishi haqida malumot berilmagan. Ko'ramiz kelasi yili Floyd kimga qarshi jang qiladi. Ammo "Money Team" kimga qarshi jang qilishidan qatiy nazar juda katta summaga ega bo'lishi aniq.


Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing