10 okt 09:15
Yangiliklar
Kurash

Uch nafar kurashchiimiz Qozog'istondagi turnir sovrindori bo'lishdi
Qozog'istonning Semey shahrida yunon-rum kurashi bo'yicha ananaviy xalqaro xotira turniri bo'lib o'tdi.
Bu haqda O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi matbuot xizmati xabar berdi.
O'z tarixida 22-marotaba tashkil etilgan musobaqada MDH mamlakatlari sportchilari ishtirok etishdi. Ular orasida O'zbekiston terma jamoasi kurashchilari ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi.
Yakunda terma jamoamizning uch nafar azosi – Aram Vardanyan (66 kg), Muhammadali SHamsiddinov (85 kg) va Mo'min Abdullaev (130 kg) xalqaro turnirning bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar