FA Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi bilan JCH-2026dan so'ng yakunlanadigan bitim tuzmoqchi.
53 yoshli mutaxassisning amaldagi shartnomasi joriy yilning dekabrida yakuniga etadi.
Payshanba kuni bo'lib o'tgan Millatlar ligasi qurasidan so'ng Sautgeyt "uch sherlar"ni Evro-2024dan keyin ham boshqarishga tayyorligini aytdi.
Sautgeyt 2016 yildan beri Angliya terma jamoasi ustozi hisoblanadi. Jamoa u bilan Evro-2020 bronza medallari egasi va Millatlar ligasi 2018/19 mavsumida uchinchi o'rin sohibi bo'ldi.
Fikrlar