26 noy 08:51
Yangiliklar
Uch yildan so'ng O'zbekistonning birinchi raketkasi o'zgardi
Yangilangan reytingdan o'rin olgan 8 tennischimizdan bor yo'g'i ikki nafari ko'tarilishga muvaffaq bo'ldi. Eng katta yangilik - bu Sergey Fominning uch yillik tanaffusdan so'ng yana O'zbekistonning birinchi raketkasi bo'lib olganidir. U Bahrayn M25 toifasiga kiruvchi turniridagi chempionligi ortidan reytingda 47 pog'onagan yuqorilab, Humoyun Sultonovni quvib o'tdi.
O'z hisobiga 23 ochko qo'shib olgan Sergey Fomin ATP reytingida 358-o'ringa ko'tarilib oldi. Bu esa uni O'zbekistonning birinchi raketkasiga aylantirdi. Reytingda 16 ochko yo'qotishi ortidan 46 pog'ona pastlagan Humoyun Sultonov endi mamlakatimizning ikkinchi raketkasi maqomida bo'ladi. U ATP reytingida 442-o'ringa tushib qoldi.
Uchinchi raketkamiz Maksim SHin 11 pog'onaga yuqorilab, 966-o'ringa joylashdi. Qolgan barcha tennischilarimiz yangilangan reytingda pastlashdi. Amir Milushev 7, Batir Sapaev, Ilya Ignatov, Abdulaziz Usmonjonov va Damir Abdusalomov bir xilda - 10 pog'onadan pastlashdi.

Fikrlar