16 iyu 20:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Uchinchi jang ikkinchi raundda yakunlandi FOTOGALEREYA
Ayni daqiqalarda poytaxtimizda professional boks kechasi bo'lib o'tmoqda.
Bundan bir necha daqiqa avval oqshom doirasidagi uchinchi juftlik o'rtasidagi jang ham o'z nihoyasiga etdi. Olti raundga mo'ljallangan jang 57 kg vazn toifasida o'tkazildi.
Unda andijonlik Abdulaziz Najmiddinov (1-1-0-0) Toshkent viloyati vakili Husniddin Ubaydullaega qarshi ringga ko'tarildi. Husniddin o'zining debyut jangida mag'lubiyatga uchradi. Ikkinchi raundda Najmiddinov raqibini texnik nokautga uchratib, prof ringdagi ikkinchi g'alabasiga erishdi.
Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar