26 apr 13:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Uchinchi oltin! Bobo Usmon Osiyo chempioni!
Boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatining final janglari davom etmoqda.
Hozirgina o'zbekistonlik bokschi ishtirokidagi uchinchi final jangi yakunlandi. Unda Bobo Usmon Baturov o'z jangini o'tkazdi. -69 kg vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz yaponiyalik Sevonretsga qarshi ringga chiqdi.
SHiddatli kechgan final jangida hamyurtimiz ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozonib, Osiyo chempioniga aylandi.
SHu tariqa O'zbekiston hisobidagi oltin medallar soni uchtaga etdi. Oldinda Sanjar Tursunov va Bahodir Jalolovning final janglari bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar