03 apr 13:19
Yangiliklar
Uchinchi raketkani mag'lub etgan Fomin 1/2 finalda o'ynaydi
Hamyurtimiz bugun musobaqaning chorak finali doirasida turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan britaniyalik CHarlz Brumga qarshi bahs olib bordi. Ikki soatu 20 daqiqa davom etgan uchrashuvda Fomin uch set yakuniga ko'ra 3/6, 6/3, 6/4 hisoblarida zafar quchdi va yarim finalga yo'l oldi.
Ertaga Sergey Fomin final chiptasi uchun Xitoy Taypeyi vakili Li Kuan-Yiga qarshi kortga chiqadi. Reytingi yo'q bo'lgan Li bugun 1/4 finalda turnirning birinchi raketkasi, rossiyalik Iliya Simakindan 6/4, 4/6, 7/6(6) hisobida ustun kelib, yaxshigina shov-shuv ko'tardi.
Taqqoslash uchun, hozirda Sergey Fomin ATP reytingida 336, CHarlz Brum 244-o'rinni egallab turibdi. Fomin - Li uchrashuvi ertaga bizning vaqt bilan soat 07:00da boshlanadi.

Fikrlar