22 apr 17:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Uchinchi yo'qotish! Ro'zmatov qozog'istonlik bokschiga imkoniyatni boy berdi
Osiyo chempionatining to'rtinchi kungi bahslari yakuniga etib bormoqda.
Hozirgina bugungi dasturda ringga chiqishi kerak bo'lgan so'nggi bokschimiz o'z jangini o'tkazdi. -81 kg vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Dilshodbek Ro'zmatov qozog'istonlik Bek Nurmaganbetga qarshi ringga ko'tarildi.
SHiddatli kechgan uch raundlik jangda Ro'zmatov raqibiga ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lib, Osiyo chempionatidagi ishtirokini yakunladi. Bu bilan o'zbekistonlik bokschilarning bugungi chiqishi tugadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar