So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

26 okt 16:58
Yangiliklar

Boks/MMA

Uchko'prik tumanida boks bo'yicha halqaro turnir boshlandi FOTOGALEREYA

Mamalakatmizda sportni rivojnlantirishga bo'lgan etibor kun sayin oshib bormoqda.

Yurtimiz bokschilarining halqaro arenalardagi g'alabali yurishlari  tufayli yoshlar o'rtasidan sportning bu turiga bo'lgan qiziqish yanada ortayotganini ko'rishimiz mumkin.

Farg'ona viloyatining Uchko'prik tumani Paloxon shaharchasida kuni kecha yangi boks maktabi ish boshladi. Mahalla ahli xashar yo'li bilan qurgan bino yosh sportchilarga topshirildi. SHu kungacha Paloxon shaharchasidagi maktab zalida o'z mashg'ulotlarini olib borayotgan Avazjon Yoqubov boshchiligidagi bokschilar endi o'zlarining boks maktabiga ega bo'lishdi. 

Boks klubining ochilish marosimida mahalla faollari, yoshi ulug' otaxonlar hamda tuman rahbarlari ishtirok etishdi. 

Bugun esa yangi ochilgan boks klubida Uchko'prik tumani xokimi sovrini uchun “Yoshlar terrorizmga qarshi” shiori ostida halqaro turnir boshlandi. Bu turnirda O'zbekistonning ko'plab viloyat va shaharlaridan hamda qo'shni Tojikiston, Qirg'izston, Qozog'iston davlatlaridan bokschilar ishtirok etishmoqda.

Musobaqada 2004-2010 yillar oralig'ida tug'ilgan bokschilar, 12 ta vazn toifasida sovrinlar uchun kurash olib borishadi. Turnirda respublikamizdan hamda qo'shni respublikalardan tashrif buyurgan referi va xakamlar  uchrashuvlarni xalol o'tishini taminlab borishmoqda.

- Bu turnir yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish hamda yoshlarni terrorizm kabi noto'g'ri yo'llarga kirib ketishlarini oldini olish maqsadida o'tkazilmoqda. Musobaqa yangi ochilgan boks maktabida o'tkazilayotgani ham alohida ahamiyatga ega. Paloxon shaharchasi ahliga , mahalla fuqarolar yig'ini rahbarlariga hamda Uchko'prik tuman xokimligiga bu turnirni tashkillab berishayotganlari uchun alohida minnatdorchilik bildiraman. Qolavaersa bu kabi turnirlarda yosh bokschilarimiz o'z mahoratlarin yana bir bor sinovdan o'tkazib olishlariga imkonyait beradi.    Tojikiston, Qirg'iziston, Qozog'istondan kelgan bolalar bilan ringga chiqish shogirdlarimizga ham biz uchun ham juda qiziqarli bo'ladi", - dedi Qo'qon shahridan kelgan murabbiy Abdumajid Mullajonov.

- Avvalambor, bizni chiroyli tarzda kutib olishgani hamda barcha sharoitlarni yaratib berishgani uchun tashkilotchilarga Tojikistondan tashrif buyurgan sportchilar nomidan raxmat demoqchiman. So'nggi yillarda qo'shni O'zbekiston xalqi bilan aloqalarimiz har sohada rivojlanib borayotganidan minnatdormiz. O'zbek boks maktabi xozirgi paytda dunyoda etakchilardan bo'lib turgani bizni ham quvontiradi. Tojikiston bokschilari ham so'nggi yillarda asta sekin Osiyo miqyosida o'zlarini ko'rsatish uchun intilishmoqda. Uchko'prik tumanida tashkillashtirilgan halqaro turnirda Tojikistonning Xo'jand va Xatlon viloyatilaridan hamda Dushanbe shahridan jami beshta boks maktabining tarbiyalanuvchilari ishtirok etishmoqda. O'zbekistondagi turnirda ishtirok etish murabbiylarimiz uchun ham yosh bokschilarimiz uchun ham juda katta tajriba maktabini o'tab beradi. Men bu erda referi sifatidan ishtirok etmoqdaman. Barcha janglar xalol va chiroyli tarzda o'tayotgani bizni behad quvontirmoqda. O'ylaymanki Paloxon shaharchasidagi turnir davomli bo'ladi, - dedi Tojikistonning Xo'jand shahridan tashrif buyurgan referi Xurshid Abdullaev.

Musobaqaning dastlabki kunida eng yosh bokschilar ringga ko'tarilishdi. Biz musobaqa natijalari haqida keyingi xabarlarimizda yanada batafsil malumot berishga xarakat qilamiz.

Akramjon Mamadaliev tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing