09 mar 09:58
Yangiliklar

Uchta chempionlik jangi o'tkazilgan UFC 259 turniridan kim qancha ishlab oldi?
Muxlislar oqshom doirasida bir yo'la uchta chempionlik jangiga guvoh bo'lishgandi. Markaziy jang ikki vazn chempionlari - yarim og'ir vaznda UFC chempioni Yan Blaxovich hamda o'rta vazn qiroli Israel Adesanya o'rtasida o'tkazilib, unda Blaxovich kamarini muvaffaqiyatli tarzda himoya qilgandi.
Anderkard jangda ayollar o'rtasida ikki vazn toifasi chempioni Amanda Nunes navbatdagi muddatidan avvalgi g'alabasini tantana qilgan bo'lsa, engil vaznda endilikda sobiq UFC chempioni, rossiyalik Petr Yan taqiqlangan zarba yo'llagani uchun kamaridan mahrum etilgandi.
UFC 259 turniri tashkilotchilari yakshanba tongida oktagonga ko'tarilgan barcha jangchilarning kafolatlangan gonorarlarini elon qildi. Eng katta gonorarga o'rta vazn toifasi chempioni Israel Adesanya ega chiqqan. U garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, chempionlik kamarini o'zida saqlab qoldi. Boisi, o'rtaga faqat Blaxovichga tegishli kamar qo'yilgandi. Adesanya mag'lubiyatli jangidan 640 ming dollar ishlab oldi.
KAFOLATLANGAN GONORARLAR:
Israel Adesanya - $640 000
Yan Blaxovich - $540 000
Amanda Nunes - $490 000
Aljameyn Sterling - $230 000
Dominik Kruz - $195 000
Megan Anderson - $155 000
Petr Yan - $150 000
Kay Kara Frans - $135 000
Aleksandr Rakich - $115 000
Jozef Benavides - $110 000
Islam Maxachev - $105 000
Tiago Santos - $100 000
Tim Elliott - $89 000
Kennedi Nzechukvu - $77 500
Uros Medis - $73 500
Jeyk Mettyus - $64 000
Karlos Ulberg - $63 500
Song Yadong - $56 000
Dryu Dober - $50 000
Keysi Kenni - $50 000
SHon Bredi - $44 000
Amanda Lemov - $44 000
Kayler Fillips - $43 500
Askar Askarov - $40 000
Trevin Jons - $27 500
Jordan Espinoza - $25 000
Rojerio Bontorin - $24 000
Livia Renata Souza - $24 000
Mario Batista - $24 000
Aalon Kruz - $13,500
Fikrlar