27 sen 18:09
Yangiliklar
Velosport

UCI prezidenti o'z lavozimini saqlab qoldi
Ruandaning Kigali shahrida Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI)ning 194-Kongressi bo'lib o'tdi.
Tadbir Afrika qitasida birinchi bor o'tkazilayotgan shosse bo'yicha Jahon chempionati doirasida tashkil etildi. UCI Kongressi besh qitadagi 117 milliy federaciya vakillarini bir joyga jamladi.
Yangi tarkibda o'tkazilgan saylov natijalariga ko'ra, Devid Lapartent UCI prezidenti lavozimiga qayta saylandi.
Havola :
Manba : t.me/cycling_uz
Fikrlar