23 sen 16:37
Yangiliklar
Futbol
UEFA muxlislari siyosiy banner ko'targani sababli termani jazoladi
Evropa chempionati saralashi doirasidagi siyosiy holat sababli Ruminiya termasi jazolandi.
12 sentyabr kuni Ruminiya - Kosovo uchrashuvi vaqtida mezbon terma muxlislari raqiblari madxiyasi vaqtida hushtak chalib turishdi. SHuningdek, "Kosovo - bu Serbiya" deb yozilgan bannerlar ko'tarildi. Ushbu holatni bahsning tanaffusida to'g'rilashga harakat qilishdi va tanaffus 50 daqiqaga cho'zilib ketdi.
Gap shundaki, Kosovo 2008 yilda mustaqillikni qo'lga kiritgan bo'lsa-da, buni Ruminiya tan olmagan.
Oradan ikki hafta o'tib, UEFA ushbu holat borasida o'z qarorini chiqardi. Unga ko'ra, Ruminiya FF 40 ming evro miqdorida jarimaga tortildi va Andorraga qarshi o'yin muxlislarsiz o'tadigan bo'ldi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar