10 jan 16:18
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 2018 yilning eng yaxshi jangini elon qildi, u Xabib - Konor jangi emas
Xabar berganimizdek, aralash qoidalar bo'yicha UFC tashkiloti bir nechta nominaciya bo'yicha 2018 yilning eng yaxshilarini elon qildi.
“Yil jangi” nominaciyasida ko'pchilik Konor Makgregor va Xabib Nurmagomedov o'rtasidagi chempionlik jangi etirof etilsa kerak deb o'ylagandi. Lekin amalda bunday bo'lib chiqmadi.
Aynan Xabib va Konor oktagonga chiqqan UFC 229 turnirining ahamiyati jihatidan ikkinchi bahsi 2018 yilning eng yaxshi jangi deb topildi. Ha, bu Toni Fergyuson va Entoni Pettis o'rtasidagi jang. Qonli jangning ikkinchi raundida shifokorlar aralashuvi bilan bahs to'xtatildi va Toni g'olib sifatida elon qilindi.
Havola :
Fikrlar