03 jan 13:12
Yangiliklar

UFC 219. “Saybor” 550 000 dollar gonorar oldi, Nurmagomedovchi?
Oqshomning markaziy janglarining birida oktagonga chiqqan Xabib Nurmagomedov ushbu oqshomning eng ko'p gonorar olgan sportchilari uchligini yakunlab berdi. Uning gonorari 160 000 dollar bo'ldi. Xabibning raqibi Edson Barboza esa 75 000 dollarga ega chiqdi.
Eng katta gonorarni Kris Sayborg qo'lga kiritdi. Aynan uning sobiq jahon chempioni Xolli Xolmga qarshi o'tkazgan bahsi oqshomning markaziy jangi maqomida edi. Sayborgning gonorari yarim million dollarni tashkil qildi.
Bundan tashqari, Kris Sayborg, Xolli Xolm va Xabib Nurmagomedov qo'shimcha tarzda 50 000 dollar bonusga ham ega bo'lishdi.
Ishtirokchilarning gonorarlari:
Kris Sayborg (500 000 dollar) vs Xolli Xolm (300 000)
Xabib Nurmagomedov (160 000) vs Edson Barboza (75 000)
Den Xuker (48 000) vs Mark Diakiysi (24 000)
Karl Esparza (72 000) vs Sintiya Kalvilo (41 000)
Nil Magni (140 000) vs Karlos Kondita (115 000)
PS. Nomlari birinchi ko'rsatilgan jangchilar g'alabaga erishgan.
Fikrlar