04 fev 11:01
Yangiliklar
Boks/MMA, Kikboksing, Muaytay
UFC 222. Xollouey jarohat oldi, markaziy jang o'tkazilmaydi
Aralash qoidalar bo'yicha engil vazn toifasida UFC chempioni Maks Xollouey mashg'ulot chog'ida jarohat oldi.
Buning natijasida jahon chempioni o'zining 3 mart kuniga belgilangan jangini bekor qilishga majbur bo'ldi. Maks aynan shu sanada Las-Vegas shahrida o'tkazilishi kutilayotgan UFC 222 turnirining markaziy jangida oktagonga ko'tarilishi kerak edi.
Maks Xolloueyning raqibi Frenk Edgar bo'lishi
belgilangandi. Avvalroq Xollouey va Edgar o'rtasidagi jang Frenkning jarohati
sabab bekor qilingandi. O'shanda uni Joze Aldu almashtirgandi. Hozircha Maksning
o'rnini kim egallashi malum emas.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar