08 iyu 12:12
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 238. Ertaga Valentina SHevchenko kamarini himoya qiladi FOTOGALEREYA
Bizning vaqt bilan ertaga tongda AQSHning Illinoys shtati CHikago shahridagi “Yunayted-centr” arenasida aralash qoidalar bo'yicha UFC 238 turniri bo'lib o'tadi.
Oqshomning qiziqarli janglaridan birida qirg'izistonlik UFC chempioni Valentina SHevchenko davogar Jessika Aydan chempionlik kamarini himoya qiladi. SHevchenko ushbu kamarni o'tgan yilning 9 dekabr kuni UFC 231 turnirida sobiq jahon chempioni Yoanna Yenjeychikni mag'lub etgach qo'lga kiritgandi.
Amerikalik Jessika ketma-ket to'rtta mag'lubiyatdan so'ng vaznini o'zgartirdi va o'zi uchun yangi divizionda qatorasiga uchta jangda g'alabaga erishdi. Ay Kalindra Fariya, Jessika-Rouz Klark va Ketlin CHukagyandan ustun keldi. Bizning vaqt bilan ertaga tongda Jessika Ay SHevchenkoni kamarini tortib olish uchun urinib ko'radi.
Havola :
Fikrlar