08 iyu 10:48
Yangiliklar

UFC 238. Markaziy jang ishtirokchilari ham tarozidan o'tishdi
Yoz fasli turnirlarini ochib beruvchi ushbu UFC oqshomining markaziy jangi Genri Sexudo va Marlon Moraes ishtirokida o'tkaziladi. G'olib jangchi engil vaznda vakant bo'lib turgan chempionlik kamarini qo'lga kiritadi.
Doping sabab Ti Jey Dillashou chempionlik kamaridan voz kechganidan so'ng ushbu chempionlik tituli egasi qolgandi. Genri Sexudo yana bir vaznda chempion bo'lish uchun WSOF tashkilotining sobiq qiroli bo'lgan braziliyalik Marlon Moraesga qarshi oktagonga chiqadi.
Olimpiada chempioni bo'lgan Sexudo ketma-ket ikki UFC chempionini mag'lub etganidan so'ng unga ishonch ortdi. Lekin ertangi jangda Marlonning imkoniyatlari biroz yuqoriroq baholanmoqda. Moraesning kikboksingdagi tajribasi va zarba yo'llash texnikasi unga g'alaba keltirishi mumkin. Ko'pchilik ekspertlar Marlonning to'rtinchi raunddagi texnik nokautli g'alabasini taxmin qilishmoqda.
Fikrlar