09 iyu 13:56
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 238 oqshomining eng yaxshi jangi nomi malum qilindi
Xabar berganimizdek, bugun tongda AQSHning CHikago shahrida aralash qoidalar bo'yicha UFC 238 turniri bo'lib o'tdi.
Oqshom doirasidagi barcha janglar yakuniga etkanidan so'ng tashkilot kechaning eng shiddatli o'tgan jangi nomini elon qildi. Unga ko'ra, Donald Serrone hamda Toni Fergyuson o'rtasidagi bahs kechaning eng yaxshi jangi deb elon qilindi.
Har ikki jangchi oldindan kafolatlangan gonorar miqdoridan tashqari, yana qo'shimcha 50 000 AQSH dollariga ham ega bo'lishdi. SHuningdek, kechada chiroyli ishtirok etganlari uchun Valentina SHevchenko, Genri Sexudo va Marlon Moraes ham 50 000 AQSH dollari bilan mukofotlanishdi.
Havola :
Fikrlar