09 iyu 09:53
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 238. Valentina SHevchenkoning jangi ikkinchi raundda yakunlandi FOTO
Hozirgina AQSHning CHikago shahridagi “Yunayted-centr” arenasida o'tkazilgan aralash qoidalar bo'yicha UFC 238 turniri yakuniga etdi.
Oqshomning qiziqarli janglaridan birida qirg'izistonlik UFC chempioni Valentina SHevchenko davogar Jessika Aydan chempionlik kamarini himoya qildi. SHevchenko ushbu kamarni o'tgan yilning 9 dekabr kuni UFC 231 turnirida sobiq jahon chempioni Yoanna Yenjeychikni mag'lub etgach qo'lga kiritgandi.
Valentina jangning ikkinchi raundida oyoqda raqibasining bosh qismiga kuchli zarba yo'lladi. Buning natijasida Ay nokautga uchradi. U o'rnidan bir daqiqadan oshiqroq vaqt davomida tura olmadi. SHevchenko nokaut evaziga chempionlik kamarini himoya qildi.
Havola :
Fikrlar