18 avg 09:58
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 241. Neyt Dias Pettisga qarshi jangni yakunladi
UFC 241 turniri doirasida yarimo'rta vazn toifasi jangchilari Neyt Dias va Entoni Pettis o'rtasidagi jang yakunlandi.
To'liq davom etgan bahsda tajribali Dias sobiq chempion Pettisni ochkolar hisobiga ko'ra (30-27, 30-27, 29-28) mag'lub etdi.
Dias jang davomida 202 ta zarbani amalga oshirdi, ularning 127 tasi raqibga aniq tegdi.
Bu Dias uchun 32-jangdagi 21-g'alabadir. Pettisning hisobida 22 ta g'alaba va 9 mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar