So’nggi yangiliklar

19:16Дунёнинг иккинчи ракеткаси Shanghai Masters`да муваффақиятли старт олди 0 18:55Бу қизиқ! 29 бор Гиннес рекордлар китобига киритилган ўзбек полвони ҳақида эшитганмисиз? 0 18:34Адесанья Стрикленд билан реванш жангиги истамоқда 0 18:13Ўзбек ва жаҳон футболи ҳамда футзали юлдузлари ўртасида учрашувда мухлислар 18 та гол кўришди ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 17:52Матиасдан чемпионлик камарини тортиб олган Лиам Паронинг илк рақиби ва жанг санаси маълум + ПОСТЕР 0 17:31"FIA Motorsport Games 2024" турнири учун таркибимиз эълон қилинди 0 17:1038 ёшли Альдо: "Мақсадим - UFC чемпионлиги!" 0 16:49"Ювентус" майдонга тушмай маош олаётган юлдуздан қутилмоқчи 0 16:28Стол теннисчиларимизнинг Осиё чемпионати учун таркиби маълум 0 16:07Тўрт нафар аралаш яккакураш устамиз Octagon 64 турнири прелим кардида жанг қилади 0 15:46Алекс Перейра Халил Раунтри билан жанг учун ўз режасини айтди 0 15:25"Барселона" ва "Nike" ўзаро келишувга эришди 0 15:04Доминик Тимга Niki Awards соврини топширилди 0 14:43Илия Топурия Ислам Махачевни октагонга чорлади 0 14:22"Ҳумо" сафига яна бир тажрибали ҳужумчи келиб қўшилди 0

08 sen 01:15
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC 242. Barcha janglar yakunlandi, natijalar bilan tanishing

Bugun, 7 sentyabr kuni tunda UFC 242 doirasida Xabib Nurmagomedov hamda Dastin Pore o'rtasida uzoq kutilgan jang bo'lib o'tadi.


UFC 242ning barcha natijalari

Don Medj - Fares Ziam (30-27, 30-27, 29-28)

Omari Axmedov - Zak Kammings (30-27, 30-27, 29-28)

Muslim Salixov - Nordin Taleb (nokaut)

Belal Muhammad - Takasi Sato (bo'g'ish uslubi)

Ottman Azaytar - Tiemu Pakalen (nokaut)

Sara Moras - Liana Jojua (texnik nokaut)

Zubayra Tuxugov - Leron Merfi (durang)

Joan Kaldervud - Andrea Li (28-29, 30-27, 29-28)

Karlos Diego Ferreyra - Mayrbek Taysumov (29-28, 29-27, 29-27)

Kyortis Bleyds - SHamil Abduraximov (texnik nokaut)

Islam Maxachev - Davi Ramus (29-27, 30-26, 30-26)

Pol Felder - Edson Barboze (28-29, 29-28, 29-28)

Xabib Nurmagomedov - Dastin Pore (bo'g'ish uslubi)




01:45. JANG YAKUNLANDI, XABIB kamarini saqlab qoldi. Dastin munosib kurashdi, xatto Nurmagomedovni o'z uslubida taslim qilishi mumkin edi, ammo unga tajriba etishmadi.

01:42. Uchinchi raundga start berildi.

01:41. Ikkinchi raund yakuniga etdi.

01:36. Pore ikkinchi raundni juda faol boshladi va ketma-ket zarbalar bermoqda.

01:35. Birinchi raund to'liq Xabib ustunligi ostida o'tdi. Dastin bir amallab tanaffusgacha etib oldi.

01:32. Butun arena "Xabib" deb baqirmoqda.

01:31. Har bir raund to'liqligichi video ko'rinishida Telegram sahifamizga yuklanadi.

01:30. Birinchi raund boshlandi!

01:22. Xabib Nurmagomedov ruscha qo'shiq ostida oktagonga chiqdi.

01:21. Dastin Pore sahna yo'g'e, oktagonga ko'tarildi. Endi Xabib kelishi kutilmoqda.

01:13. Navbat kechaning asosiy qahramonlariga. Xabib Nurmagomedov va Dastin Pore

01:10. Hakamlar kutilmagan qarorni qabul qilishdi: Edson Barboza — Pol Felder o'rtasidagi revansh jangi yakunlandi

01:06. Jang yakunlandi. Hakamlarning qarorini kutamiz.

01:00. 2-raund yakuniga etdi.

00:58. Folder yotgan holda Barbozaning boshiga bir necha marta kuchli zarba berdi. Edson biroz o'zini yo'qotib qo'ydi. Videolar telegram kanalimizda.

00:54. Birinchi raund Barbozaning ustunligi bilan yakunlandi. Folderning qoshi yorilgan.

00:51. Pol Felderning qoshi yoki boshi yorildi, hakam shifokor kerakligini aytib, jangni to'xtatib turibdi.

00:49. Jang boshlandi.

00:42. Navbatdagi jang Edson Barboza — Pol Felder o'rtasida o'tkaziladi.

00:36. 29-27, 30-26, 30-26 hisobi bo'yicha... G'olib nomini bu erda bilib olasiz: Maxachev kuchli raqibiga qarshi jang o'tkazdi FOTO+VIDEO

00:33. Uchinchi raund tugadi. G'olib hakamlar qaroriga ko'ra aniqlanadi.

00:27. Ikkinchi raund ham yakunlandi. Hali ham tomonlarning kuchi teng.

00:21. Dastlabki raundda jangchilar bir-birini o'rganishdi va tavakkalga qo'l urmay, masofa saqlashdi.

00:16. Birinchi raund boshlandi. 

00:14. Islam Maxachev va Deyvi Ramos jangga tayyor.

00:05. SHamil Abdurahimov - Kertis Bleds jangi yakunlandi.SHamil Abduraximov ham jangini o'tkazdi FOTO

23:55. Jang boshlandi. Kertis Bleydsdan ustunlik katta. Raund yakunlandi. Video Telegram kanalimizda.

23:52. Navbatdagi jang SHamil Abduraximov — Kertis Bleyds juftligi o'rtasida bo'ladi.

23:41. CHecheniston prezidenti Ramzan Qodirov ham shu erda ekan

23:40. Asosiy janglarning birinchisi yakunlandi. Natija bu erda: UFC 242. Mayrbek Taysumov ishtirokidagi jang ham yakunlandi FOTO

23:30. Ikkinchi raundda ustunlik braziliyalik jangchi tomonidan bo'ldi. Taysumov bir nechta kuchli zarbalarni o'tkazib yubordi.

23:24. Birinchi raund yakunlandi. Taysumov ustunligida o'tgan raundda Ferreyra ham zarba berishga muvaffaq bo'ldi. Birinchi bo'limdan lavhalar TELEGRAM kanalimizda.

23:19. JANG BOSHLANDI! Fereyra sariq , Taysumov esa qora shortda.

23:15. Ferreyra va Taysumov arenaga chiqib kelishdi. Jang haqida shu sahifada o'qiysiz.

23:07. Asosiy janglarni Mayrbek Taysumov — Karlos Diego Ferreyra juftligi boshlab beradi. Keyingi janglar quyidagicha davom etadi.

           23:30. SHamil Abduraximov — Kertis Bleyds

           00:00. Islam Maxachev — Deyvi Ramos

           00.30. Edson Barboza — Pol Felder

           01:00. Xabib Nurmagomedov — Dastin Pore


23:05. Uxlab qolmang, asosiy janglar boshlanyapti. Barcha yangiliklardan xabardor qilib boramiz. Aytgancha, Telegram kanalimizga obuna bo'lib qo'ying, videolar o'sha erda chiqyapti.

23:01. UFC 242. Maftunkor Liananing UFCdagi debyuti bo'lib o'tdi FOTOGALEREYA

22:30. Zubayra Tuxugov - Leron Merfi jangi yakunlandi va hakamlardan kutilmagan natija. VIDEO orqali hammasini bilib olishingiz mumkin.

22:06.  Zubayra Tuxugov - Leron Merfi jangining birinchi raundi yakunlandi. Raundda Zubayra to'liq ustunlikka  ega bo'ldi. 

22:00. Super to'qnashuvga uch soat qoldi.

21:55. Muslim Salixov Neymarni qo'riqchisi  Norton Taleb birinchi raunddayoq nokaut qildi. 


21:53. Bir guruh o'zbekistonliklar ham bugungi super to'qnashuvni arenadan kuzatishmoqda.


21:45.  Omari Axmedov  Zak Kammings ochkolar hisobida taslim qildi – 30-27, 30-27, 29-28.   


21:20. UFC 242 kechasining dastlabki janglari bo'lib o'tmoqda. Kechaning dastlabki jangida Don Mej Fars Ziamni mag'lub etdi. 


16:40. UFC 242 janglari mana shu arenada bo'ladi. UFC 242 kechasi qaysi arenada bo'lib o'tadi? + FOTO


16:02. Abu-Dabida bo'lsangiz, jang bo'ladigan arenani topib olish qiyin emas.


15:56. O'zbekiston prezidenti SHavkat Mirziyoevning kuyovi Otabek Umarov oilasi bilan Abu-Dabida ekan. Taxminlarimizga ko'ra, Xabib bilan do'st tutingan Otabek UFC 242 janglarini Abu-Dabidagi arenadan tomosha qiladi.


15:48. Bugungi janglarni qaerda ko'rish mumkinligini bu SAHIFAda bilib olishingiz mumkin.


15:42. Bugun tongda UFC 242 doirasida jang qiladigan barcha jangchilar so'nggi ko'z urishtirish marosimida ishtirok etishdi. FOTOGALEREYA


15:41. Assalomu alaykum saytimiz o'quvchilari. Ushbu sahifada UFC 242 startigacha bo'ladigan voqealarni kuzatib borishingiz mumkin.

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
07 sen 21:01:38
Elmurod Mamatqulov
Habib yutadi va keyingi jangini Nate Diazga qarshi ötkazadi
   
08 sen 00:26:11
Jalol Axmedov
Rovshan Umurzoqov Roldan Aldeani ochkolar hisobida magʻlub etdi lekin jang teng kurashlar ostida boldi Ravshan kopgina zarbalarni oʻtkazib yubordi.
   
07 sen 23:32:15
CHELSEA2211
Rossiya kanallari ham Qirg'iz kanalar ham obermayaptiku...
   
07 sen 23:28:02
Azamat Rasulov
Internetda live ko'rayotganlar bo'lsa ssilkasini yozvorilar iltimos. Rossiyani hech qaysi kanalidan qo'ymayapti. Youtubeda ham yo'q.
   
07 sen 23:26:48
.Sherzod.
Adminlar Taysumovni jangidan to'lliq video joylela shu bola Xabibdanam kuchli
   
07 sen 23:10:51
Достон Давлат Шоҳ
Chast tv dan korsa boladimi
   
07 sen 22:41:03
Forever
Bilayn tv ishlamay qoldimi hammada
   
07 sen 22:30:44
Nuriddin 77
Qaysi kanalda kòrvosilar
   
07 sen 20:35:06
Tony ,,El Cucuy" Ferguson
Dastin Porye Habibni oyoqlariga zarba yo'lla. O'zing hushyor bo'l u stoykada urisholmaydi shuning uchun parterga kiradi shunda 1 ta tizza udar ber yorib tashla keyin men bilan jang qilasan jang 2 raundda tugaydi. Omad Porye
   
07 sen 18:18:11
Shahrior Bavarist
Хабибни ударига ярамайди бу
   
07 sen 16:48:10
Ilhom Abdullayev
Xabibam juda kuchli lekn Porega muhlislik qilaman
   
07 sen 16:42:28
Ilhom Abdullayev
Xabib o'zini ko'zi yetmayapti yorip tashlashga jismoniy tarafdan Pore juda kuchli
   
07 sen 15:55:15
koba
Xabibga omad Yorib tashla su---ni.
   
07 sen 15:49:57
CHELSEA2211
Jastin pore omad(toni fergyusson muxlisi).
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing