15 dek 09:32
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 245: Ahmedov TOP-10 jangchisini mag'lub etdi
Xabar berganimizdek, ayni daqiqalarda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida aralash qoidalar bo'yicha UFC 245 turniri bo'lib o'tmoqda.
Oqshomning qiziqarli janglaridan birida rossiyalik aralash qoidalar ustasi Omari Ahmedov o'rta vazn toifasining UFC reytingida 10-o'rinni egallab turgan Ien Xeynishga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Uch raund to'liq davom etgan jangda Ahmedov raqibini 29-28, 29-28, 29-28 hisobida mag'lub etdi. Omari 2020 yilda chempionlik jangida ishtirok etish istagida ekanligini malum qildi.
Havola :
Fikrlar