08 mar 10:27
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 248. Oqshomning ilk chempionlik jangi yakunlandi
Ayni daqiqalarda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC oqshomi bo'lib o'tmoqda.
Hozirgina muhtasham T-Mobile Arena mezbonlik qilayotgan ushbu aralash qoidalar bo'yicha UFC 248 oqshomining ilk chempionlik jangi yakunlandi. Unda engil vazn toifasida UFC chempioni xitoylik Veyli Jang o'z kamarini Yoanna Enjeychikdan himoya qildi.
Jang to'liq davom etdi va yakunda amaldagi chempion ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozonib, o'z kamarini himoya qildi. Hakamlardan biri sobiq chempion Yoannaning, qolgan ikkisi Veylining g'alabasini taminladi.
Birozdan so'ng markaziy jangda o'rta vazn toifasida UFC chempioni Israel Adesanya davogar Yoel Romeroga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Havola :
Fikrlar