16 avg 11:30
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 252. Bonus sohiblari malum, ro'yxatda markaziy jang qahramonlari yo'q!
Xabar berganimizdek, bugun tongda Las-Vegas (Nevada shtati, AQSH) shahrida UFC 252 turniri bo'lib o'tdi.
UFC 252 turniri tashkilotchilari barcha janglar yakunlanganidan so'ng kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha bonus sohiblarini ham elon qilishdi.
Oqshomning eng yaxshi jangi sifatida Kayi Kamaki va Toni Kelli o'rtasidagi to'qnashuv tan olindi. Har ikki jangchi gonorardan tashqari qo'shimcha 50 ming dollardan bonusni qo'lga kiritishdi.
SHuningdek, yorqin janglari uchun Daniel Pineda va Virna Yandiroba ham 50 ming dollarlik bonusga ega bo'lishdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar