14 avg 07:41
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 252. Miochich va Korme trilogiya oldidan yuzma-yuz kelishdi + FOTO
Bizning vaqt bilan yakshanba tongida AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC oqshomi bo'lib o'tadi.
UFC 252 turnirining markaziy jangida og'ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Stipe Miochich davogar Deniel Kormega qarshi oktagonga ko'tariladi. Jang UFC APEX arenasida o'tkaziladi.
Bugun esa Miochich va Korme ananaga ko'ra ko'z urishtirish marosimida ishtirok etishdi. Yakshanba tongidagi to'qnashuv ular uchun uchinchi jang bo'ladi. Hozircha tenglik - tomonlar bittadan g'alabaga erishishgan. Trilogiya kim kuchli ekaniga oydinlik kiritib beradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar