16 avg 09:06
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 252. Rozenstrayk - Dos Santos jangi 4 daqiqa davom etdi
Ayni shu daqiqalarda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi "APEX Arena"da UFC 252 turniri bo'lib o'tmoqda.
Asosiy kardning qiziqarli janglaridan biri og'ir vazn toifasida o'tkazildi va unda surinamlik Jairzino Rozenstrayk braziliyalik Junior Dos Santosga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jang to'rtinchi daqiqada referi tomonidan to'xtatildi. Rozenstrayk aniq va kuchli zarbasi evaziga raqibini nokautga uchratdi. Bu Dos Santos uchun ketma-ket uchinchi mag'lubiyat bo'ldi. Bugungi mag'lubiyatiga qadar u Fransis Ngannu va Kyortis Bleydsga ham imkoniyatni boy bergan edi.
Havola :
Fikrlar