16 avg 10:01
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 252. Uzoq kutilgan Korme - Miochich jangi to'liq davom etdi + FOTO
AQSHning Las-Vegas shahrida uzoq kutilgan UFC 252 turniri yakuniga etdi.
Kechaning markaziy jangida Daniel Korme Stipe Miochichga qarshi jang qildi.
Uzoq kutilgan to'qnashuv to'liq davom etdi va yakunda g'olib ochkolar evaziga ko'ra aniqlandi. Unga ko'ra, Stipe Miochich 49-46, 49-46, 48-47 hisoblarida g'alaba qozondi va o'zining chempionlik kamarini saqlab qoldi.
Eslatib o'tamiz, bu trilogiya jangi edi. Bundan avvalgi ikkita jangda tomonlar bittadan nokaut g'alabaga erishishgandi. Uchinchi hal qiluvchi jangda asli kelib chiqishi xorvatiyalik bo'lgan Miochich zafar quchdi. 41 yoshli Korme esa juda katta ehtimol bilan faoliyatini yakunladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar