21 iyu 16:38
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 303 turnirining asosiy kardidan o'rin olgan yana bir jang bekor bo'lish arafasida
30 iyun kuni Las-Vegasdagi (AQSH) "T-Mobile Arena" majmuasida UFC 303 turniri bo'lib o'tadi.
Musobaqa doirasida ikki nafar amerikalik aralash yakka kurash ustalari - Entoni Smit hamda Karlos Ulberg o'zaro jang qilishi zarur edi.
Biroq malum bo'lishicha, jang bekor qilingan. Bunga Ulbergning jarohati sabab bo'lgan. Ayni damda Smitga raqib izlanmoqda.
Qizig'i, har ikki jangchi ushbu musobaqaga zaxira nomzodi sifatida qo'shilgan edi. Karlos Ulberg Xalil Rauntrini, Entoni Simt esa Jamal Xillni to'ldirgan edi. SHu tariqa, jangni to'ldirgan zaxiradagilar ham turnirda qatnashmaydigan bo'ldi.
Malumot uchun, musobaqaning markaziy jangi o'rta vazn chempioni Aleks Pereyra hamda Irji Proxazka o'rtasida kechadi.
Havola :
Manba : MMATM
Fikrlar