19 jan 05:05
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 311 start oldi. Xabib Nurmagomedov jamoasida ilk g'alaba
Los-Anjelesda UFC 311 turniri start oldi.
Musobaqaning ilk jangi o'ta engil vazn toifasida jang qiluvchi rossiyalik aralash yakka kurash ustasi Tagir Ulanbekov hamda AQSH vakili Kleyton Karpenter o'rtasida kechdi.
3 raundlik jang to'liq davom etdi. Yakunda Ulanbekov ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.
Bu 33 yoshli sportchining faoliyatidagi 16-g'alabasiga aylandi. Karpenter esa bugun karerasidagi dastlabki mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar