14 apr 07:31
Yangiliklar
UFC 327 turniri chiptalar sotuvi bo'yicha muvaffaqiyatsizlikka uchradi
Etiborlisi, UFC 327 turniri "Kaseya Center" arenadagi chiptalar savdosi bo'yicha eng yomon natija ko'rsatdi. CHiptalar sotuvidan olti yarim million dollar pul tushgan. Bundan avvalgi eng yomon natija UFC 314 (Volkanovski - Lopes) turnirida qayd etilgan bo'lib, u 11 million dollarlik chiptalar sotuviga ega bo'lgan. UFC 299 (O`Melli - Vera 2) va UFC 287 (Pereyra - Adesanya 2) turnirlari mos ravishda 14 va 12 million dollar yiqqan.
Malumotlarga ko'ra, kamida 6 000 ta chipta (bazi malumotlarga ko'ra 9 000 ta) sotilmay qolgan. Bu arenaning maksimal sig'imi 20 000 ekanini inobatga olsak, sezilarli salbiy ko'rsatkich ekani oydinlashadi. Bunda chiptalarning minimal narxi 200 dollarni, maksimal narxi esa 30 000 dollarni tashkil etdi.
Taxmin qilinishicha, past sotuvga chipta narxlarining oshishi, asosiy voqeasi Irji Proxazka va Karlos Ulberg o'rtasidagi yarim og'ir vazn toifasi vakant kamari uchun jang bo'lgan tadbirning zaif kardi ham tasir ko'rsatgan bo'lishi mumkin.

Fikrlar