11 jan 11:49
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC afsonasi Xabibning ustidan kuldi
Og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Brok Lesnar Xabib Nurmagomedovning ustidan kuldi.
“MMAning eng kuchli jangchisi? Dana Uayt Jon Jons yoki Xabib Nurmagomedov deb aytganini eshitgandim.
Ochig'ini aytganda, qanday qilib engil vazn toifasida jang qiladigan sportchi eng zo'ri bo'lishi mumkin. Menimcha, eng zo'ri kim bilan jang qilsa ham, g'olib bo'lishi kerak. Xabibga hech qanday etirozim yo'q. U yaxshi inson, lekin mening nonushtam uning vaznidan og'irroq bo'ladi.
U zo'r bo'lsa, qanday qilib meni mag'lub etadi. Xabibni oktagonda yanchib tashlayman. Men uchun eng zo'r jangchi og'ir vaznli sportchi hisoblanadi”, - dedi Lesnar.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar