21 iyu 15:08
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC bitta vazndan voz kechadi, agar...
Agar yarim engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Amanda Nunes faoliyatini yakunlaydigan bo'lsa, UFC bu vazndan voz kechadi.
Bu haqida tashkilot rahbari Dana Uayt malum qildi.
"Agar Amanda faoliyatini yakunlasa, bu vazndan voz kechishga majbur bo'lamiz, biz bunday holatda vaznni ushlab tura olmaymiz. Nunes istagan barcha ishni qilishi mumkin. U bizning - qirolichamiz. Amanda yaqin orada farzandlik bo'ladi, uni to'g'ri tushunishimiz lozim", - dedi Uayt.
Amanda so'nggi bor UFC 250 kechasida Feliciya Spenserga qarshi bahs olib borib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar