04 may 15:04
Yangiliklar
Boks/MMA
Amanda Nunes: "Xarrisondan kamarimni qaytarib olmoqchiman"
Ikki yo'nalishda sobiq UFC chempioni Amanda Nunes engil vazndagi amaldagi chempion Kayla Xarrison bilan jang o'tkazish niyatida ekani va vaqtinchalik kamarga qiziqmasligini takidladi.
"Bilaman, hamma imkoniyatni xohlaydi. Bilaman, hamma men bilan mushtlashmoqchi, hamma pul ishlashni istaydi. Buni tushunaman. Lekin bu ish bermaydi. Men faqat haqiqiy kamar uchun jang qilyapman, ular xohlagandek qila olmayman. Menimcha, hali ham ular bilan jang qilish imkoniyatiga ega bo'laman, shuning uchun ular men kutganimdek kutib turishlari kerak. CHempionlik imkoniyatini juda uzoq kutdim. Bir marta men uni oldim, demak, qolganlarning ham imkoniyati bo'ladi. Menimcha, ular kutib turishlari kerak. Xarrison bilan jang qilib, kamarimni qaytarib olmoqchiman. Bu asosiy maqsadim", - deya Nunesning so'zlarini keltirdi MMAJunkie.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar