18 avg 10:31
Yangiliklar

UFC chempioni Jon Jons chempionlik kamaridan voz kechdi
Bu haqida u Tvitter sahifasida xabar berdi. Jons bu qarorini shunday izohladi.
"Hozirgina UFC promousheni bilan muzokarani yakunladim. Bugun rasman yarim og'ir vazndagi chempionlik kamarimdan voz kechganimni elon qilaman. Endi kamar rasman egasiz. CHempionlik yo'lidagi ajoyib yo'lni bosib o'tdim. Barcha raqiblarim, UFC va eng muhimi, muxlislarga minnatdorchilik bildiraman.
UFC bilan muloqot chog'ida gonorarim mavzusi ko'tarilmadi. Agar qachonlardir vaziyat ijobiy tomonga o'zgarsa, men bajonidil qaytaman va og'ir vazn toifasida o'z janglarimni o'tkazaman. Hozircha UFC janglaridan oddiy muxlis sifatida rohatlanmoqchiman, asosiy vaqtimni esa oila azolarimga sarflamoqchiman.
SHuningdek, UFC rahbariyati bilan og'ir vazn toifasidagi ishtirokim mavzusida ham suhbatlashdik. Bu borada ijobiy yangilik bor. Keyingi jangim aniq yarim og'ir vaznda o'tkazilmaydi. Men og'ir vazn toifasi uchun vazn to'plashni boshladim.
SHu o'rinda yarim og'ir vazndagi jangchilar uchun motivacion yangilik ham bor. Kim ketma-ket olti marta chempionlik kamarini himoya qilib, mening rekordimni yangilasa, o'sha jangchiga 100 000 dollar taqdim etaman", - dedi Jons.
Fikrlar