22 okt 18:51
Yangiliklar
Boks/MMA, Futbol

UFC chempioni "Manchester Siti"ning qaysi futbolchisi bilan mashg'ulot o'tkazishni istashini aytdi
UFC’ning og'ir vazn (120 kg gacha) chempioni, 32 yoshli angliyalik Tom Aspinall “Manchester Siti” jamoasi tarkibidan kim bilan birga mashg'ulot o'tkazishni xohlashi haqida so'z yuritdi.
- "Manchester Siti" futbolchilari orasidan kimni mashg'ulotga taklif qilgan bo'larding va nega?
- Ehtimol, men Erling Xoland bilan birga mashg'ulot o'tkazgan bo'lardim, chunki u elita darajadagi sportchi. Nima, siz men Jeyms Traffordni aytaman, deb o'yladingizmi? (kuladi), — dedi Aspinall TNT Sports nashriga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : TNT Sports
Fikrlar