04 avg 20:09
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/79306_220.jpg)
UFC chempioni sobiq chempion bilan jonli efir vaqtida urishib ketishiga sal qoldi
Yarim o'rta vaznda UFC chempioni Kamara Usmon hamda sobiq vaqtinchalik chempion Kolbi Kovingtonning UFC on ESPN 4 turniridan keyingi efir vaqtida urishib ketishiga bir bahya qoldi.
Kovington Loulerni mag'lub etganidan so'ng Usmon bilan jang qilish uchun birinchi raqamli davogarga aylandi. SHu sababli UFC tashkilotchilari har ikki sportchini jonli efirga taklif qilishdi.
Boshlovchi Kolbidan noyabr oyida Usmon bilan jang qilasizmi, deb so'raganida chempion ustidagi libosini echishga harakat qilib, hoziroq jang qilishga tayyor ekanligini bildirdi.
Kovington ham bunga rozi bo'layotgan bir vaqtda efirdagi xavfsizlik hizmati vakillari tomonidan to'xtatib qolingan.
Havola :
Fikrlar